English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Nurli yo‘l” aksiyasi boshlandi
16:51 / 2024-10-09

O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikda Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialida joriy yilning 7-13 oktyabr kunlari “Nurli yo‘l” muruvvat aksiyasi o‘tkazilmoqda.

– Ushbu aksiya doirasida 200 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, olis hududlarda istiqomat qiluvchi ko‘z katarakta kasalligi bilan kasallangan bemorlarni bepul yuqori texnologik uskunalarni qo‘llagan holda jarrohlik amaliyotlari bajariladi, – deydi filiali direktori Jahongir Safarov. –Viloyatdagi oftalmologlar ishtirokida “Glaukoma va ko‘z to‘rparda kasalliklari” mavzularida mahorat darslari rejalashtirilgan.

Aksiya doirasida Xitoy Xalq Respublikasining bir guruh malakali oftalmologlari markazning Buxoro filiali mutaxassislari bilan ko‘rishib, filialdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va 200 nafar bemorda jarrohlik amaliyoti bajarilishi rejalashtirildi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.