“Nurli maskan” o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida maxsus o‘quv-ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab respublikaning 16 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
“Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida mavjud infratuzilma hamda o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib, o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari tashkil etiladi.
Tashkil etilgan o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari zarur uskunalar, maxsus jihozlar, ish qurollari va anjomlar bilan ta’minlanadi hamda ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlar realizatsiya qilinishida amaliy yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zA