Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nurillo Inobiddinov Paraosiyo o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘ldi
14:29 / 2025-12-10

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi Paraosiyo o‘yinlari hamyurtlarimiz uchun omadli boshlandi.

Bir nechta medallarni qo‘lga kiritgan matonatli qizlarimizdan so‘ng irodali yigitlar ham g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarila boshladi.

Irodali para sportchimiz Nurillo Inobiddinov para pauerliftingning o‘smirlar o‘rtasida 49 kg. vazn toifasidagi bellashuvlarida ishtirok etdi va 111 kg. natija qayd etgan holda barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ushbu medal O‘zbekiston uchun hozircha uchinchi oltin.

Sherbek Islomov,

O‘zA