Nuridullayeva Kamola Negmatilloyevaning farmatsevtika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“O‘zbekistonda o‘sadigan dorivor qoqi o‘t asosida dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni yaratishning nazariy va eksperimental aspektlari” mavzusida
Nuridullayeva Kamola Negmatilloyevaning 15.00.01 – dori texnologiyasi va 14.00.41 xalq tabobati ixtisosliklari bo‘yicha farmatsevtika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan “O‘zbekistonda o‘sadigan dorivor qoqi o‘t asosida dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni yaratishning nazariy va eksperimental aspektlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi DSc.04/30.12.2019.Far.32.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashda 2024 yil 8 oktyabr kuni soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100015, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oybek ko‘chasi 45- uy. Toshkent farmatsevtika instituti.
Tel.: (99871) 256-37-38
e-mail: info@pharmi.uz