Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Nurchi” besh yil muddatga qamaldi
09:30 / 2022-07-25

Buxoroda “Nurchilar” diniy ekstremistik tashkiloti a’zosi ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati ma’lum qildi.

Huquqni muhofaza qilish idoralarining xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirgan tadbirlari natijasida respublikamizda faoliyati taqiqlangan “Nurchilar” diniy ekstremistik tashkiloti a’zosi faoliyatiga chek qo‘yildi. Jumladan, 1975 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan fuqaro T.B. “Nurchilar” diniy ekstremistik tashkiloti a’zosi bo‘lib, ushbu tashkilot safida faoliyat olib borgan. 

Fuqaro T.B. iqtidorli yoshlarni “Nurchilar” safiga jalb qilish, ularni respublikamizdagi demokratik boshqaruvga qarshi tarbiyalash, shuningdek, tashkilotga taalluqli bo‘lgan ekstremistik g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan materiallar va adabiyotlarni tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan. 

2010-2011 yillarda bir nechta jinoiy sheriklari hibsga olingach, fuqaro B.T. jinoiy javobgarlikdan qutilish maqsadida Rossiya Federatsiyasiga chiqib ketgan. Natijada Novosibirsk shahrida jinoiy faoliyatini davom ettirgan. Ko‘rilgan qidiruv chora-tadbirlari natijasida u mamlakatmizga olib kelindi. 

Sud hukmi bilan fuqaro B.T. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan aybdor deb topilib, u besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. 


Zarif Komilov, O‘zA