Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nurbek Do‘stov: ASKUG tizimi yangi bazaviy me’yor bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishga moslashtirildi
12:04 / 2024-07-13

Bugungi kunda “Hududgazta’minot” AJ tomonidan aholini barqaror tabiiy gaz bilan ta’minlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan ASKUG tizimining joriy qilinishi ta’minotchi va iste’molchi uchun katta qulayliklar yaratdi.

“Hududgazta’minot” AJ Raqamlashtirish bo‘limi boshlig‘i Nurbek Do‘stov tizimda amalga oshirilgan ishlarning amaliy natijalari haqida gapirib berdi:   

–Prezidentimizning 2020 yil 24 sentyabrdagi “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Hududgazta’minot” AJ tomonidan “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi” (ASKUG) hayotga tatbiq etildi.   

Bugungi kunda ushbu tizim bilan 4,2 million tabiiy gaz iste’molchilari qamrab olindi. Natijada iste’molchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratilib, byurokratik to‘siqlar bartaraf etildi va aholining ovoragarchiliklariga, ya’ni gaz ta’minoti bo‘limlariga qatnash, to‘lov uchun uzun navbatlarda turish, abonent daftarchalarini yuritish, hisoblagichlarni tekshiruvdan o‘tkazish, noto‘g‘ri hisoblangan qarzdorliklar va boshqa murakkab jarayonlarga barham berildi.   

Sohadagi barcha xizmatlar onlayn rejimga o‘tkazilib, iste’molchi va gaz yetkazib beruvchi o‘rtasidagi munosabatlarda shaffoflik ta’minlandi hamda fuqarolarda iste’mol madaniyati kun sayin ortib, “zangori” yoqilg‘idan oqilona foydalanishga va aholi o‘rtasida energiya tejovchi texnologiyalarni turmushga joriy etish masalalari keng ommalashishiga erishildi.   

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 apreldagi qaroriga muvofiq, yoqilg‘i-energetika resurslarining 2024-2025 yillarda bosqichma-bosqich o‘zgaradigan yangi narxlari hamda shu yilning 1 may sanasidan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, oylik bazaviy me’yorlar tasdiqlandi. Maishiy iste’molchilar uchun bir oylik bazaviy me’yor isitish mavsumida (noyabr–fevral oylari) 500 metr kub, isitish mavsumidan tashqarida (mart–oktyabr) 100 metr  kub etib belgilandi.   

Ushbu hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida ASKUG tizimi yuqoridagi bazaviy me’yor bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishga moslashtirildi. Iyun oyidan boshlab iste’molchilarga SMS xabarnomalar yuborish yo‘lga qo‘yildi. Unda joriy oyda iste’mol qilingan tabiiy gaz hajmlari haqida ma’lumot yuboriladi. Shuningdek, bazaviy me’yordan ortiqcha ishlatilgan gaz hajmlari bo‘yicha ma’lumotlar alohida SMS xabarnoma tarzida taqdim etiladi.   

“Hududgazta’minot” AJ tomonidan hududgaz.uz saytining bosh sahifasida “Tabiiy gaz iste’mol kalkulyatori” ishga tushirildi. Bu orqali fuqarolar iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun amaldagi tariflar bo‘yicha qiyosiy hisob-kitoblarni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.   

Ta’kidlaganimdek, biz gaz xarajati kalkulyator tizimini joriy etdik. Bu tizim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida ko‘rsatib o‘tilganidek, isitish mavsumi va isitish mavsumidan tashqari davrda hisob-kitobni amalga oshirish va kuzatib turish imkoniyatini yaratadi hamda yangi tariflar bo‘yicha to‘lovlar jarayonini amalga oshirishga xizmat qiladi.  

[gallery-18224]

Masalan, tizimga kirib, isitish mavsumini belgilaydigan bo‘lsak, unda 500 metr kub norma belgilangan. Bu 650 so‘mdan hisoblanadi. Iste’molchi shu asosda o‘zining hisob-kitobini qiladi va o‘zining gaz iste’mol qilgan jarayonini kuzatib boradi. Xuddi shu kabi iste’molchilar isitish mavsumidan tashqari ham to‘lov hisob-kitobida ushbu tizimdan foydalanishi mumkin.   

Bundan tashqari, iste’molchi ushbu tizim orqali onlayn shartnomani ham tuzish imkoniyati yaratilgan. Shartnoma uch kun muddatda ko‘rib chiqiladi. Iste’molchi to‘lovlar va boshqa barcha ma’lumotlarni o‘zining shaxsiy kabineti orqali oladi. Ulgurji iste’molchilarning barcha jarayonlari ham shu tarzda amalga oshiriladi. Ushbu tizim ochiq va shaffofligi hamda inson omilining aralashuviga barham berilgani bilan yanada ahamiyatlidir.   

O‘zA muxbiri 

Nasiba Ziyodullayeva yozib oldi.