Nurbayeva Marvarid Tavakalovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Alisher Navoiy ijodida mav’iza” mavzusida
Nurbayeva Marvarid Tavakalovnaning 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi yuzasidan “Alisher Navoiy ijodida mav’iza” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi offlayn (offline) va onlayn (online) tarzida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.Fil.46.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 29-dekabr soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100060, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz tor ko‘chasi, 5-uy. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Tel.: (71) 233-36-50; Faks: (71) 233-71-44.
e-mail: uztafi@academy.uz. www.tai.uz