English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nurafshonlik o‘quvchilar g‘olib bo‘ldi
11:39 / 2024-05-07

Prezidentimizning 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘quvchilarda notiqlik san’ati va sahna madaniyatini shakllantirish, ta’lim muassasalaridagi yoshlar teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual qobiliyatini rivojlantirish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Shunga asosan Yuqori Chirchiq tumanida “Turon” maktab teatri Respublika tanlovining Toshkent viloyati bosqichi o‘tkazildi. Unda barcha tuman-shaharlardan qatnashgan 22 ta ijodiy jamoa o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi.  

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Turon” maktab teatri Respublika tanlovi joylardagi minglab yoshlarni birlashtirdi. Yoshlar sahnalashtirgan asarlar, hakamlar hay’ati tomonidan baholandi. Ustoz san’atkorlar tomonidan yoshlarga tavsiyalar berildi.  

Hakamlarning yakuniy xulosalariga asosan birinchi o‘rinni Nurafshon shahridagi 1-maktabning teatr jamoasi egalladi. Ikkinchi o‘rin Angren shahridagi 13-maktab teatr jamoasiga, uchinchi o‘rin O‘rta Chirchiq tumani 3-maktab teatr jamoasiga nasib etdi.  

Endilikda nurafshonlik yoshlar tanlovning respublika bosqichida qatnashadi.  

A.Musayev,O‘zA.