Nurafshonda yangi sport zali faoliyat boshladi
Buxoro viloyati Kogon tumanining “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘inida “Tashabbusli byudjet” dasturi asosida sport yakkakurashlariga ixtisoslashgan zamonaviy sport zali qurib, foydalanishga topshirildi.
Zamonaviy ko‘rinish olgan sport zalini foydalanishga topshirish marosimida ramziy lenta qirqilib, yig‘ilganlar unda sportsevarlar uchun yaratilgan shart-sharoit, inventarlar bilan yaqindan tanishdi. Tadbirda so‘z olganlar mazkur sport majmuasi yoshlarga har tomonlama qulay imkoniyat ekanligini ta’kidladi.




Ushbu maskan “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” deb nomlangan sport musobaqasining mintaqaviy bosqichiga ham mezbonlik qildi. Murosasiz kechgan bahslarda Kogon shahri va tumani, Qorovulbozor tumanidan kelgan ellikdan oshiq yosh sportchi o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.