Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nurafshonda xizmat itlari naslchilik pitomnigi ish boshladi
16:08 / 2023-07-23

Ichki ishlar vazirligining barcha tizimlaridagi xodimlar, shu jumladan, kinolog xodimlar mamlakatimizda jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikning oldini olish va fuqarolar xavfsizligi hamda osoyishtaligini ta’minlashga o‘zlarining namunali xizmatlari bilan katta hissa qo‘shmoqda. Zero, jamoat tartibini saqlash va turli ko‘rinishdagi jinoyatchilikning oldini olish borasida xizmat itlari beqiyos imkoniyatlarga ega.

Nurafshon shahrida ham yana bir zamon talablariga to‘liq javob beradigan xizmat itlari naslchilik pitomnigi foydalanishga topshirildi. Tadbirda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev, mehmonlar, soha faxriylari hamda xodimlari shuningdek ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.

Ta’kidlanganidek, hozirgi kunda ichki ishlar organlari kinologiya bo‘linmalarida jami 839 bosh xizmat itlaridan jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda samarali foydalanilmoqda. Joylardagi 15 ta kinologiya guruhlaridan 14 tasida kinolog xodimlar va xizmat itlari uchun jahon andozalariga to‘liq javob beradigan shart-sharoitlar yaratilgan. Ushbu ochilgan yangi naslchilik pitomnigi esa kelgusida sohada olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilishi aytildi. 

Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarining kinologiya xizmatlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qarori asosida tashkil etilgan ushbu pitomnik Toshkent viloyatida joylashgan bo‘lib, 2 gektar joyda barpo etilgan. Majmuada ma’muriy bino, veterinar, tug‘uruq va karantin bloklari, maxsus oshxona, omborxonalar, 60 bosh nasldor itlar uchun voler va mashq maydonlari mavjud.

Kelgusida ushbu pitomnikda ichki ishlar organlari uchun xizmat sifatlari yuqori bo‘lgan hamda zoti standart talablariga javob beradigan yiliga o‘rtacha 100 bosh kuchuk bolalari ko‘paytiriladi. Shu bilan birga, yosh itlarga boshlang‘ich ko‘nikmalarini shakllantirib, respublika ichki ishlar organlariga tarqatilishi ko‘zda tutilgan.

A.Musayev, O‘zA