Yashab turgan joyimizni ozoda saqlab, bizdan keyingi avlod ham munosib tabiiy muhitda yashashi uchun bugun biz tabiatga mehr va e’tibor berishimiz lozim.
Buning uchun yurtimizda olib borilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ko‘chat ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga barchamiz birdek mas’ulmiz.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Nurafshon shahar kengashi vakillari ham Birlik mahallasida 1 gektardan ziyod maydonga 200 tupdan ziyod manzarali daraxt ko‘chatlari ekish orqali tabiatni ko‘kalamzorlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Ko‘chat ekish aksiyasida Milliy gvardiya xodimlari ham ishtirok etib, oilaviy bog‘ yaratdilar.
Ekilgan ko‘chatlar yaxshi o‘sishi uchun tomchilatib sug‘orish moslamalari o‘rnatilib, mas’ul xodimlar biriktirildi.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan daraxtlarni to‘g‘ri parvarishlash, agrotexnik tadbirlarni sifatli olib borish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
N.Rahmonova, O‘zA