Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nurafshonda oʻyinchoq fabrikasi quriladi
11:37 / 2020-09-17

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida xorijiy investitsiya loyihasi asosida oʻyinchoqlar fabrikasi bunyod etilmoqda.


Toshkent viloyati Nurafshon shahrida xorijiy investitsiya loyihasi asosida oʻyinchoqlar fabrikasi bunyod etilmoqda.

Hududga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar kiritish asosida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ushbu loyiha tashabbuskori Xitoyning “CHINA KAYAN STAR BUSINESS” kompaniyasi hisoblanadi. Ular asosan elektr oʻyinchoqlari ishlab chiqarishni maqsad qilgan.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 4 million dollarni tashkil etadi. Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan yangi korxonada yiliga 40 ming dona import oʻrnini bosuvchi sifatli va jahon andozalariga mos robot oʻyinchoqlar, zamonaviy rusumdagi yumshoq oʻyinchoqlar, velosipedlar ishlab chiqariladi.

Hozirda belgilangan hududda qurilish ishlari olib borilmoqda. Korxona toʻla quvvatda ishga tushgach 90 ta ish oʻrni yaratiladi. Yangi loyiha tufayli Nurafshon shahrida yashovchi aholiga ish oʻrinlari yaratilib, byudjetga soliq tushumi ortadi. Bundan tashqari, eksport oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ichki bozorga yoʻnaltiriladi.