English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nurafshonda harbiy vatanparvarlik tadbiri
22:49 / 2025-04-05

Milliy gvardiya Toshkent viloyat boshqarmasining majlislar zalida faxriylar kengashi, yoshlar yetakchilari, xizmat davomida yuqori natijalarga erishgan harbiy xizmatchilar hamda Nurafshon shahridagi 9-sonli umumta’lim maktabida tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlar ishtirokida "Dunyodagi eng kuchli jangchi bu o‘zbek jangchisi" shiori ostida vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda yoshlar qalbida qadimiy tariximiz va madaniyatimizga hurmat ruhini kuchaytirish, milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga bo‘lgan ishonchni oshirish, jahonda ro‘y berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish, ulug‘ ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish, bugungi kunda o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z bordi.

Fikr-mulohazalarga boy kechgan uchrashuv jarayonida o‘quvchi-yoshlar uchun maxsus vazifalarni bajaruvchi otryad shaxsiy tarkibining ko‘rgazmali qo‘l jangi chiqishlari namoyish etildi.

O‘quvchi-yoshlar harbiy texnikalar va qurol-aslahalar, tog‘ tayyorgarligi anjomlari, harbiy xizmatchilarning ta’minoti, harbiy aloqa vositalari hamda tibbiy anjomlar bilan tanishdi.

Hilola Abrayqulova,
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
Axborot xizmati mutaxassisi. O‘zA