French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nurafshon shahridagi Prezident maktabi 2 million dollardan ziyod grant mablag‘ini yutib oldi
19:06 / 2023-02-14

Nurafshon shahridagi Prezident maktabi ham Toshkent viloyatidagi iqtidorli o‘g‘il-qizlar uchun keng imkoniyatlar yaratgan maskanlardan biridir.

Mazkur ta’lim muassasasi 168 o‘ringa mo‘ljallangan 2 qavatli bo‘lib, bu yerda o‘quvchilarning bilim olishi uchun barcha qulayliklar mavjud. Sinfxonalar eng zamonaviy o‘quv anjomlari bilan ta’minlangan, internet tarmog‘iga ulangan. Shuningdek, sport va boshqa tadbirlar o‘tkaziladigan zallar, oshxona, yotoqxona kabi qo‘shimcha xonalar ham o‘ziga xos tarzda jihozlangan.  

Hozir 5-, 11-sinflarda 168 nafar o‘quvchi tahsil olyapti. Ularni o‘qitish jarayoni tabiiy fanlar, texnologiyalar, texnik ijodkorlik, can’at, matematika sohalarini chuqur ixtisoslashgan holda o‘qitishga asoslangan. Darslar tajribali 20 nafarga yaqin xorijlik va mahalliy pedagoglar tomonidan olib boriladi.  

[gallery-10572]

Sa’y-harakatlar tufayli maktabning joriy yilgi 11-sinf bitiruvchilari jahonning nufuzli oliygohlarida ta’lim olish uchun grant yutib olyapti. Hozirgacha bu mablag‘larning umumiy hisobi 2 million dollardan oshdi va bu hali davom etyapti.  

Ulardan biri 11-sinf o‘quvchisi, angrenlik Behzod Asqaraliyev. U xorijdagi 25 dan ziyod universitetga hujjat topshirgan edi.  

– Men iqtisodiyot, menejment, kompyuter texnologiyalari va shu kabi sohalarga qiziqaman, – deydi B. Asqaraliyev. – Hozirgacha AQSH, Dubay va Shveysariya davlatlaridagi oliy ta’lim muassasalaridan qabul xatlarini oldim. 105 ming dollarlik grant yutdim. Kelgusi rejalarim ko‘p va ularga erishish uchun bor imkoniyatimni ishga solaman. Boshqa tengdoshlarimga ham bo‘sh vaqtidan samarali foydalanib til o‘rganishni, hozirgi kunda talab yuqori bo‘lgan sohalardagi yangiliklarni kuzatib borishni maslahat bergan bo‘lardim. Bugungacha erishgan natijalarimda Prezident maktabining o‘rni katta zamin bo‘ldi. Darslarda o‘qituvchilarimizdan ko‘proq bilimlarni olishga harakat qilamiz.  

A.Musayev, D.Ernazarov (surat) O‘zA.