Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nur-Sultonda Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy va Yunus Emro kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
12:36 / 2021-12-25

Jahon matbuoti sahifalarida

KAZINFORM axborot agentligi – Nur-Sultonda Xalqaro Turk akademiyasi tomonidan nashr etilgan Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy va Yunus Emro kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Xalqaro Turk akademiyasi mashhur  sanalarga bag‘ishlab “Sharq yulduzlari” anjumanini o‘tkazdi.

Unda qayd etilganidek, 2021 yil  turk olamining ko‘plab mamlakatlari uchun muhim sana bo‘ldi. Joriy yilda Nizomiy Ganjaviy tavalludining 880-yilligi, Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi, Yunus Emro vafotining 700-yilligi nishonlandi. Akademiya tashabbusi bilan ushbu allomalarning ko‘plab asarlari bir necha tillarda nashr etildi. Yunus Emroning she’rlari kitobi ilk marotaba qozoq tilida chop etildi. Shuningdek, joriy yilda qadimgi turk tiliga tarjima qilingan ming yillik Qur’on kitobi ham qaytadan nashr etildi.

Xalqaro Turk akademiyasi ko‘magida taniqli turk shoiri Yunus Emroning asarlari ilk marotaba  alohida to‘plam sifatida nashr etildi. Akademiya Alisher Navoiyning ozarbayjon tiliga tarjima qilingan she’rlari to‘plamini ham tayyorladi. Kitobni  taniqli ozarbayjon olimi, professor  Ramiz Askerov tarjima qildi. Shu bilan birga, Alisher Navoiyning “Muhokamat-ul-lug‘atayn” asari ham ilk marotaba qozoq tiliga tarjima qilindi va nashr etildi.

x x x

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligiga 30 ta apparat taqdim etdi. 
AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi O‘zbekiston xalqiga  sil kasalligini  aniqlashga mo‘ljallangan apparatlar to‘plamini hadya qildi. Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya  ilmiy-amaliy tibbiyot markazida  Agentlikning O‘zbekistondagi  missiyasi direktori Mikaela Meredit 381 ming AQSH dollariga teng  uskunalarni  O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Sobirovga topshirdi.

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi tomonidan  taqdim etilgan sil kasalligini molekulyar-genetik darajada  aniqlashga asoslangan va yuqori tezlikda ishlaydigan va ishlatishda qulayligi bilan ajralib turadigan ushbu innovatsion texnologiya endi O‘zbekistonda ham mavjud.  

Muqobili bo‘lmagan ushbu apparatlar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami  tarmog‘idagi ishlarni ancha osonlashtirib, mutaxassislarga sil kasalligini  tezkor va aniq  tashxislashga yordam  beradi.

Mikaela Meredit marosida so‘zga chiqib, “Biz O‘zbekiston rahbariyatining 2050 yilgacha  sil kasalligiga  barham berish bo‘yicha sa’y-harakatlarini yuqori baholaymiz, “2021-2026 yillarga mo‘ljallangan  va  2025 yilda kasallikni  50 foizga, o‘lim holatlarini 75 foizga kamaytirishga qaratilgan Sil kasalligiga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy strategiyasi” bundan dalolatdir”, - dedi. Taqdim etilgan uskunalar tuman bakteriologiya  laboratoriyalariga  sil kasalligini o‘z vaqtida diagnostika qilish xizmatlarini kengaytirish va O‘zbekiston aholisining zamonaviy tezkor testlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga yordam beradi.

x x x

“Suv resurslari ekspertlari dasturi”ning ikkinchi sessiyasi

AQSH Ichki ishlar vazirligi Amerikaning Toshkentdagi elchixonasi bilan hamkorlikda suv resurslarini boshqarish masalalariga bag‘ishlangan  ikkinchi sessiyani o‘tkazdi. Unda Toshkent  irrigatsiya va  qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti, Suv resurslari vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston  Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar  agentligi vakillari ishtirok etdi.

Sessiya AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligining Tabiiy resurslarni muhofaza qilish xizmati xizmati vakili Brent Dreyperning “Kamchil sug‘orish” mavzusidagi taqdimoti bilan boshlandi. Muhandis Dreyper  oddiy suv solingan stakanlar yordamida O‘zbekistonda sersuv va  suv taqchil bo‘lgan mavsumlarda  suv resurslaridan qanday foydalanish, hosildorlikni oshirish va suv taqchil mavsumlarda suvni tejash maqsadida qanday qilib almashlab ekish, o‘ta quruq sharoitda ekinlarni qanday saqlash usullarini ko‘rsatib berdi.

Uchrashuvda shunindek, kanallar yotqizish bilan  suv resuralarini boshqarish, suv tashilishini yaxshilash, gidroenergetika bilan aloqalar hamda muayyan  mahalliy va hududiy ehtiyojlar uchun  irrigatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilishning ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Ayni damda modernizatsiya qilish loyihalarida davlat-xususi sherikchiligining o‘rni chuqur tahlil qilinib, bu borada  AQSH da amaliyotda qo‘llangan aniq loyihalarga  misollar keltirildi.

x x x

Bizning “Jahon  matbuoti  sahifalarida” nomli  yangi ruknimizga oid  tilaklaringiz, taklif va fikr-mulohazalaringizni pochta@uza.uz manziliga yuborishingizni so‘raymiz.

      I.Abdumalikzoda tayyorladi, O‘zA