Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nur-Sulton politsiyasi shaharga qurol olib kirishga urinish holati bo‘yicha xabarni rad etdi
12:42 / 2022-01-07

Nur-Sulton politsiya departamenti Qozog‘iston ommaviy axborot vositalarining mamlakat poytaxtiga qurol olib kirishga urinish holatlari kuzatildi, deb bergan xabarini rad etdi.

Juma kuni Qozog‘iston ommaviy axborot vositalarida politsiyachilar tomonidan Nur-Sultonga noqonuniy o‘qotar qurollar olib kirish bo‘yicha bir nechta faktlarning oldi olingani haqidagi xabarlar tarqatilgan edi. "Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar haqiqatdan yiroq... Shaharda vaziyat barqaror, to‘liq nazorat ostida turibdi", – deyiladi shahar politsiyasi matbuot xizmati tarqatgan xabarda.