Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Numizmatika ashyolari ushlab qolindi
17:52 / 2024-02-26

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti hamda Aviatsiya xavfsizlik xizmati xodimlarining o‘zaro hamkorligida zarb etilganligiga 50 yildan oshgan tangalarning yurtimiz hududidan olib chiqilishiga chek qo‘yildi.

“Buxoro– Maxachkala” yo‘nalishidagi aviareys orqali xorijga uchib ketish arafasidagi fuqaro tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan jami 8 dona numizmatika ashyolarini olib chiqib ketayotganligi aniqlandi.

Fuqaroga tegishli qonunchilik talablari tushuntirilishi barobarida holatga qonuniy tartibda chek qo‘yildi.

Qadimiy tangalar hozirgi vaqtda Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasiga badiiy ekspertizadan o‘tkazish maqsadida taqdim etilgan.

 

Zarif Komilov,  

O‘zA muxbiri