Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukusni birgalikda obod qilamiz
09:34 / 2022-10-16

Samarqand viloyati mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan Nukus tumanida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, aholiga ko‘rsatilayotgan tez tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash uchun Nukus tumani markaziy shifoxonasiga 1,1 milliard so‘m evaziga tez tibbiy yordam mashinalari va tibbiy anjomlar olib berildi.

Viloyatning malakali shifokorlari tomonidan Nukus tumani ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasida 42 nafar ehtiyojmand va kasalmand fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi hamda 13 nafarida yuqori jarrohlik amaliyotlari bajarildi.

Baqanshaqli mahallasidagi 2 va 15-umumta’lim maktablariga  qo‘shimcha binolar qurib berildi.

Nukus tumani markazidagi 5 kilometr ichki yo‘llar 3,5 milliard so‘m mablag‘ sarflanib ta’mirlandi.

G‘.Hasanov, O‘zA