Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukusga majburan qo‘ngan "Aeroflot" samolyoti Moskvaga uchib ketdi
15:56 / 2021-12-07

Bugun tongda "Aeroflot"ning Moskva – Urganch yo‘nalishi bilan uchgan yo‘lovchi samolyoti quyuq tuman tufayli belgilangan manzilda qo‘na olmay Nukus aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘lgan edi. Hozir ma’lum qilinishicha, samolyot Moskvaga qaytib ketgan, yo‘lovchilar Nukusdan Urganchgacha avtobuslarda yetkazilgan, deb xabar bermoqda RIA Novosti Nukus aeroporti xodimining ma’lumotiga tayanib.

"Aeroflot"ning  SU1976 Moskva – Urganch reysi 7 dekabr kuni tongda quyuq tuman tufayli Urganch aeroportiga qo‘na olmadi va zaxira aeroport sifatida Nukusga yo‘naltirildi. Dastavval samolyotni tuman tarqagandan keyin Urganchga jo‘natish rejalashtirilgan edi. So‘ngra 131 nafar yo‘lovchini Nukusdan Urganchga avtobuslarda yetkazishga qaror qilindi", — dedi aeroport vakili agentlikka. Uning ta’kidlashicha, Urganchdan Moskvaga uchishni kutib turgan yo‘lovchilar ham Nukus aeroportiga avtobuslarda keltirilgan.