Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukusdagi karantin zonasidan qochgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
21:31 / 2020-03-24

Nukusdagi karantin zonasidan qochgan qoraqalpogʻistonlik fuqaro Buxoro viloyatida ushlangani maʼlum qilingan edi.


Nukusdagi karantin zonasidan qochgan qoraqalpogʻistonlik fuqaro Buxoro viloyatida ushlangani maʼlum qilingan edi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi ushbu vaziyat boʻyicha rasmiy maʼlumot berdi:

“2020-yil 19-mart kuni “Moskva-Toshkent” yoʻnalishidagi poyezd orqali Rossiya Federatsiyasidan Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelgan Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida yashovchi fuqaro Sh.R (1990-y.t.) Nukus temir yoʻl bekatida yangi turdagi COVID-19 koronavirus kasalligiga gumon qilinib, Nukus shahridagi Respublika bolalar sanatoriyasiga yotqizilib, karantinga joylashtirilgan.

Biroq, fuqaro Sh.R 2020-yil 21-mart kuni epidemiyaga qarshi kurashish qoidalarini buzib, oʻzboshimchalik bilan karantin zonasidan qochib ketganligi aniqlangan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida fuqaro Sh.R Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida ushlanib, tumandagi maxsus tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2020-yil 21-mart kuni fuqaro Sh.R ga nisbatan Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 25,257-1-moddasi 1-qismi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlandi.

Hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda”.