Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukusda yosh polvonlar kuch sinashdi
01:02 / 2025-12-11

Belbog‘li kurash xalqimizning barkamol avlodni tarbiyalashdagi sport turlaridan biri.

Joriy yilning 7-10 dekabr kunlari Nukus shahrida yoshlar o‘rtasida (U18) bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kubogi musobaqasi yosh polvonlarning g‘ayrati, mahorat va matonatining  yorqin ko‘rinishi bo‘ldi.  

O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasining taqvim rejasidagi mazkur mamlakat kubogi bellashuvlarida barcha viloyatlar va Toshkent shahridan 300 nafardan ortiq sportchilar belbog‘li kurashning klassik va erkin yo‘nalishida kuch sinashdi.  

Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘tgan murosasiz bellashuvlarda Nozigul Sotvoldiyeva (Andijon), Shahlo Kalmuratova (Qoraqalpog‘iston), Hasanboy Rahimjonov (Namangan), Shohjahon Abdujabborov (Farg‘ona), Tolibjon Nabijonov (Sirdaryo) singari yoshlar o‘z vazn toifalarida g‘oliblikka sazovor bo‘lishdi.

Umumjamoa hisobida esa Andijon viloyati terma jamoasi eng ko‘p medallar jamg‘arib, faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni Namangan viloyati jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin mezbonlar jamoasiga nasib etdi.  

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

N.Rahmonova, O‘zA