Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukusda yangi sanoat korxonasi ish boshladi
17:10 / 2017-08-31

Korxonada zamonaviy texnologiya asosida yiliga 6-10 kV. quvvatga ega 250 dona komplekt transformator podstansiyalari ishlab chiqariladi. 60 nafar yosh mutaxassis bandligi ta’minlangan korxonada ishchi-xizmatchilarning samarali ishlashi uchun barcha sharoit yaratilgan.

Prezidentimiz joriy yilning 20-21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida Nukus shahrida quriladigan bir qator yirik ishlab chiqarish korxonalari loyihalari bilan tanishib, eksport qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar bergan edi.

Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida ana shu loyihalardan biri – umumiy qiymati 19 milliard so‘m bo‘lgan “Nukus elektroapparat” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxona foydalanishga topshirildi.

Korxonada zamonaviy texnologiya asosida yiliga 6-10 kV. quvvatga ega 250 dona komplekt transformator podstansiyalari ishlab chiqariladi. 60 nafar yosh mutaxassis bandligi ta’minlangan korxonada ishchi-xizmatchilarning samarali ishlashi uchun barcha sharoit yaratilgan. Korxona to‘liq quvvat bilan ishga tushirilgach, ishchilar soni 200 nafarga yetadi.

7.jpg

– Italiya, Germaniya, Shveytsariya, Xitoy va Rossiya davlatlaridagi nufuzli firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy dastgohlarning hammasi komputer orqali boshqariladi, – deydi operator Miyrbek Foziljonov. – Biz ishlab chiqarayotgan mahsulotlar xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlarida foydalanishi bilan birga, xorijga ham eksport qilinadi.

2017-2018-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida 70 dan ziyod ana shunday yirik loyiha amalga oshirilishi, buning samarasida 14,2 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallanmoqda.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Erniyazov so‘zga chiqdi.