Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukusda yangi Kurash mahorat maktabi ish boshladi
12:25 / 2025-12-29

FOTOREPORTAJ

Yangi yil bayrami arafasida Nukus shahrida Kurash mahorat maktabi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A. Orinbayev so‘zga chiqib, barchani bayram bilan qutladi. Yangi ob’ekt mahoratli sportchilarni tarbiyalashga xizmat qilishiga umid bildirildi.

[gallery-26942]

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ana shunday amaliy ishlarning yana bir namunasi bo‘lgan Kurash mahorat maktabini qurib bitkazish uchun 16 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Muassasa zarur inventarlar bilan jihozlandi, 150 nafardan ziyod yoshning milliy kurash, erkin kurash va yunon-rum kurashi bilan muntazam shug‘ullanishi uchun barcha zarur sharoit yaratildi.

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA