French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukusda yangi korxona ishga tushdi
19:09 / 2025-12-24

Yangi yil bayrami arafasida Nukus shahrida “Osten Technologies” korxonasi ishga tushdi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda  nuroniy-oqsoqollar, faol xotin-qizlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi A.Orinbayev ishtirok etib, yig‘ilganlarni Yangi yil bayrami hamda yangi korxonaning ochilishi bilan muborakbod etdi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda aholining farovon hayotini ta’minlash bilan bog‘liq ko‘plab ob’ektlar foydalanishga topshirilmoqda. Prezidentimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan bunday xayrli ishlarga salmoqli hissa qo‘shayotgan tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ezgu maqsadlar yo‘lida ishga tushirilayotgan korxonalar iqtisodiyotimiz barqarorligini ta’minlash bilan birga, aholi daromadlarini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Loyiha qiymati 23,5 million AQSH  dollari bo‘lgan  “Osten Technologies” korxonasining to‘liq quvvatda ishga tushirilishi bilan yiliga 640 ming metr radiator mahsulotini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi va yaratilgan ish o‘rinlari soni 300 taga yetkaziladi.

Tadbir ishtirokchilari yangi korxona faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri