Nukusda yangi korxona ish boshladi
Nukusda “SOF POLYMER” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshladi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinboyev ishtirok etib, yangi korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ta’kidlanganidek, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, shu bilan birga qishloq ho‘jaligi maydonlariga tejamkor uskunalar orqali suv yetkazib berish muhim ahamiyat kasb etadi.
Loyihaning umumiy qiymati 10 milliard so‘m bo‘lib, hozirgi vaqtda 10 nafar kishi doimiy ish bilan ta’minlangan. Korxonada sutkasiga 6 ming metr 50 mm.dan 250 mm.gacha bo‘lgan o‘lchamdagi polietilen quvur ishlab chiqarilmoqda.
Tadbirda bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri sanoat sohasida ishlab chiqarishni kengaytirish, shu orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida fikr-mulohazalar bo‘ldi.
Dovud Abibullayev, O‘zA