Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan respublikamiz viloyatlari Qoraqalpog‘istondagi tumanlarga biriktirilgan.
Mazkur tashabbusga ko‘ra, Samarqand viloyati Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumanini o‘z tajribasi asosida yanada rivojlantirishga ko‘maklashyapti.

Nukus tumanini 2022-2024 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida Samarqand viloyati tomonidan 898,5 milliard so‘mlik loyihalar ishlab chiqilgan.

Mazkur tashabbus asosida 40 banddan iborat “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. bugungi kunga qadar “Yo‘l xaritasi”da belgilangan 36 ta bandning ijrosi to‘liq ta’minlangan bo‘lib, qolgan 4 tasi bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yil yakuniga qadar Nukusda 18 ta ob’ekt foydalanishga topshiriladi.

Jumladan, bugun o‘ndan ortiq bino va inshootlar ochilishida ishtirok etish uchun Samarqand viloyati faollari maxsus poyezdda Nukusga keldi.
G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA