Nukusda uch taniqli ijodkorning ko‘rgazmasi tashkil etildi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi ko‘rgazmalar saroyida «Hunarmand» nomli ko‘rgazma tashkil qilindi. Unda dekorativ- amaliy san’ati ustalari Maxada Allambergenova, Gulsavir Saparboyeva va Qanshayim Kemalovaning qo‘l mehnati asosida yaratgan asarlari namoyish etilmoqda.
[gallery-10166]
Ochilish marosimida ishtirok etgan taniqli rassomlar, hunarmandlar, madaniyat sohasi vakillari ta’kidlaganidek, ko‘rgazmaga qo‘yilgan har bir asar nafisligi, kompozitsion yechimi betakrorligi bilan tomoshabinlarda o‘zgacha taassurot qoldiradi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA