Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukusda tashhislash, taqsimlash va davolash markazi ish boshladi
20:58 / 2020-08-17

Nukus olimpiya va milliy sport maktabida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olishda gumon qilingan bemorlarni davolash maqsadida tashkil qilingan markaz 390 nafar bemorni qabul qilish imkoniyatiga ega.

Markazda barcha sharoit yaratilgan. Tibbiy asboblar va dori-darmonlar bilan toʻla taʼminlangan davolash markaziga tajribali shifokor va hamshiralar jalb etilgan.

photo_2020-08-17_20-53-39.jpg

photo_2020-08-17_20-53-35.jpg

photo_2020-08-17_20-53-43.jpg

Markazning xavfsizligini taʼminlash maqsadida obyekt qoshidan qoʻshimcha ravishda Operativ shtab tashkil etilgan. Shtab tomonidan markazga bemorlarni qabul qilish va ularni davolash jarayoni videonazorat orqali doimiy kuzatib boriladi. Shuningdek, ushbu shtab orqali Toshkent shahri markaziy shtabi bilan bevosita videokonferensiya usulida aloqaga chiqish, yaʼni tibbiy maslahatlar olish imkoniyati yaratilgan.

Markaz bemorlarni qabul qilishni boshladi.