Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukusda Sulaymon Boqirg‘oniy (Hakim ota) tavalludining 900 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi
10:02 / 2022-10-03

Fotoreportaj

Nukus shahrida Sulaymon Boqirg‘oniy (Hakim ota) tavalludining 900 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda Avstraliya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda mamlakatimizdagi ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari tarixchi, arxeolog va adabiyotchi olimlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyaning dastlabki kunida mehmonlar Mo‘ynoq tumanidagi Sulaymon Boqirg‘oniy ziyorat majmuasida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish hamda arxeologik qazish ishlari bilan tanishdi. 

[gallery-9011]

Ta’kidlash o‘rinliki, Sulaymon Boqirg‘oniy (Hakim ota) turkiy xalqlar tomonidan Xoja Ahmad Yassaviydan keyingi avliyo sifatida tan olingan. Mo‘ynoq tumanida joylashgan Hakim ota maqbarasi bugungi kunda muazzam ziyoratgohga aylantirilgan. 

Konferensiyaning ikkinchi kunida o‘lkamiz tarixi va uning boy merosini o‘rganishga qiziqqan chet ellik olimlar bilan bir qatorda mahalliy tadqiqotchilar va iqtidorli talaba-yoshlar ulug‘ alloma hayoti, ijodi to‘g‘risidagi ilmiy izlanishlarini, to‘plagan qimmatli ma’lumotlarni ma’ruzalari orqali taqdim etdi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA