Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukusda “Roadshow” taqdimoti o‘tkazildi
19:04 / 2023-08-18

Nukusda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari va sotilishi belgilangan yer uchastkalari to‘g‘risida navbatdagi “Roadshow” taqdimoti o‘tkazildi.

Tashkil etilgan tadbirda mahalliy hokimliklar hamda viloyatdagi yirik korxonalarning 200 nafardan ziyod vakili, tadbirkor va investorlar ishtirok etdi. So‘nggi yillarda iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, davlat aktivlarini xususiylashtirish orqali xususiy mulkchilikni kengaytirish, samarasiz ishlayotgan va istiqbolsiz korxonalarni tugatish yuzasidan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur qarorga muvofiq, 1001 ta korxonadagi davlat aksiya paketi va 1046 ta ko‘chmas mulk ob’ekti ommaviy savdolarga chiqarilishi, shuningdek, 40 ta yirik korxona va banklardagi davlat ulushi barcha fuqarolar va investorlarga qatnashish imkoniyatini taqdim etish maqsadida “bitta aksiya – bitta lot” tamoyili asosida “Xalq IPO”si orqali taklif etilishi belgilangan.  

[gallery-13171]

Ishtirokchilarga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan 2023 yil davomida xususiylashtirish dasturlariga muvofiq jami 126 ta davlat aktivi auksion savdolariga chiqarilganligi, shundan, 31 ta davlat aktivi 10,1 milliard so‘m qiymatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilganligi ma’lum qilindi.  

Bundan tashqari, tadbirkorlar va fuqarolar uchun 3 ming 99 ta 251,5 gektar yer uchastkasi elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarilgan bo‘lib, shundan, 1 ming 311 ta 121,9 gektar yer uchastkasi 22,9 milliard so‘mga sotilishiga erishilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd etilgan qaroriga muvofiq, ommaviy savdolarda sotilishi belgilangan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi jami 114 ta davlat va davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlarining aktivlari (82 ta ko‘chmas mulk ob’ektlari va 32 ta korxonaning aksiya paketlari (ulushlari)) yaqindan tanishtirildi. Tadbir yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan bir qator savollarga batafsil javob oldi.  

Kunning ikkinchi yarmida press-tur tashkil etilib, davlat aktivlarini sotib olgan tadbirkorlar tomonidan ushbu ob’ektlar negizida bajarilgan ishlar, sotuvga chiqarilgan davlat aktivlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.  

 

Dovud ABIBULLAEV,  

Maqsad HABIBULLAEV (surat),  

O‘zA