Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukusda regbi-7 chempionati o‘tkazildi
16:26 / 2021-10-12

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahridagi “Turon” o‘yingohida regbi-7 bo‘yicha ayollar va erkaklar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi va chempionati bahslari yakunlandi.

Murosasiz bellashuvlar natijasiga ko‘ra, kubok musobaqasida 1-o‘rinni ayollar jamoalari o‘rtasida mezbonlar, erkaklar jamoalari orasida esa Toshkent shahri egalladi.

O‘zbekiston chempionatida mezbon Qoraqalpog‘iston qizlari 1-o‘ringa musharraf bo‘ldi. 2- va 3- o‘rinlarni Navoiy va Toshkentning “Universitet” jamoalari qo‘lga kiritdi.

Erkaklar jamoalari o‘rtasidagi bahslarda esa poytaxtning “Universitet”chilari g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, ulardan keyingi pog‘onalardan Qoraqalpog‘iston va Xorazm vakillari joy olishdi.

Chempionat yakunlariga ko‘ra, musobaqalarda munosib qatnashgan Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Toshkent, Xorazm viloyatlari jamoalarning iqtidorli sportchilari orasidan saralangan yoshlar mamlakatimiz sharafini xalqaro musobaqalarda himoya qiladigan ayollar va erkaklar terma jamoasi shakllantiriladi.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA