Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukusda qurilayotgan ko‘p qavatli turar joy binosida kamchilik aniqlandi, uyning devori buzib tashlandi
19:50 / 2021-02-14

Nukus shahri Tatibayev ko‘chasi bo‘yida qurilayotgan ko‘p qavatli turor joy binosida kamchiliklar aniqlanib, binoning devorlari qayta tiklash uchun buzib tashlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur ob’ektning loyiha hujjatlari “Arx energo proyekt” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan, quruvchi esa «Nukus Shaxzoda Afruz» MCHJ. Qurilayotgan 5 qavatli ko‘p zonali turor joy binosining qurilish-montaj ishlaridagi kamchiliklarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi aniqlagan.

“Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida binoda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari to‘xtatilib, turor joy binosining devorlari qayta tiklash uchun buzilmoqda”, deyiladi vazirlik matbuoti xabarida

Avvalroq, mahalliy internet nashrlarda va ijtimoiy tarmoqlarda “shaharda yangidan qurilayotgan ko‘p qavatli turor joy binosining 3-4 qavatlari qulab tushganga o‘xshaydi. Binoning qula tushgan qismini mato bilan yopib qo‘yibdi. Qulab tushgan temir beton plitalari yuk mashinasida tashib ketilmoqda” degan xabar tarqagandi.

Ye.Qanoatov, O‘zA