Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukusda pedagog xodimlarning an’anaviy avgust kengashi bo‘lib o‘tdi
12:55 / 2016-08-25

Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi xodimlari, o‘qituvchi va murabbiylari ishtirokida an’anaviy avgust kengashi o‘tkazildi.

Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi xodimlari, o‘qituvchi va murabbiylari ishtirokida an’anaviy avgust kengashi o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mitasi raisi B.Nurabullayev va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar ta’lim tizimini tubdan yangilab, uni sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarish va samaradorligini yanada oshirishda yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 702 umumta’lim maktabi, 306 maktabgacha ta’lim muassasasi, 21 bolalar musiqa va san’at maktabi, 35 bolalar va o‘smirlar sport maktabi, 17 “Barkamol avlod” markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda yoshlarning har tomonlama sog‘lom va yuksak intelektual salohiyatli bo‘lib ulg‘ayishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratilgan.

“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarga ko‘ra, joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 23 maktab binosini yangidan qurish, 18 maktabgacha ta’lim muassasasini kapital ta’mirlash, 12 sport inshootini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Ta’lim muassasalari zamonaviy mebel va laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanmoqda.

– O‘qituvchi ta’lim jarayonining faol ishtirokchisi sifatida bolaning ruhiy-psixologik holatini chuqur bilishi lozim, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi Guljahon Xo‘jambergenova. – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi kunda har bir yangilikni bola ongiga to‘g‘ri yo‘naltirish o‘qituvchidan puxta bilim va katta mahorat talab etadi.

Anjumanda yangi o‘quv yilida ilg‘or pedagogik texnologiyalar va zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng joriy etish orqali ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish, ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglari, ishlab chiqarish ustalari oldida turgan vazifalar haqida fikr almashildi.

Tadbir doirasida ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o‘quvchilarning ijodiy ishlari ko‘rgazmasi namoyish etildi.