Nukusda o‘zini suvga tashlagan qiz qutqarib qolindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri hududi bo‘ylab o‘tgan «Do‘stlik» kanaliga o‘zini tashlagan noma’lum qiz qutqarib olindi.
Jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan patrul yo‘nalishida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari olingan xabarga ko‘ra ko‘rsatilgan manzilga yetib boradi. O‘z joniga qasd qilishni maqsad qilgan qizga o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shahar tibbiyot birlashmasiga yetkazildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu qiz Nukus shahrida yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan fuqaro J.T. ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Nukus shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Dovud Abibullayev,
O‘zA