Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukusda “Mening armiyam – mening faxrim” aksiyasi o‘tkazildi
16:44 / 2021-12-02

Nukus shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan “Mening armiyam – mening faxrim” shiori ostida yoshlar aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar qalbida harbiy-vatanparvarlik va insoniylik tuyg‘ularini shakllantirish, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash maqsadiga qaratilgan tadbir Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi, Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi hamkorligida tashkil etildi.

[gallery-4907]
Tadbirda zamonaviy harbiy texnikalar, qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, harbiylarning jangovar shayligi, harbiy orkestr ishtirokidagi chiqishlar namoyish qilindi.


Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA