Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukusda “Mahallamiz pahlavonlari” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
15:03 / 2017-08-01

Nukus Olimpiya zaxiralari kollejida “Mahallamiz pahlavonlari” musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Nukus Olimpiya zaxiralari kollejida “Mahallamiz pahlavonlari” musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida halollik, bag‘rikenglik va insonparvarlik fazilatlarini o‘zida mujassam etgan milliy kurashni yanada rivojlantirish, yosh avlodning jismonan baquvvat, mustahkam irodali, yuksak intellektual salohiyatli insonlar bo‘lib ulg‘ayishi yo‘lida barcha sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Musobaqaning mahallalararo bosqichida 342 fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organidan 4 ming 98 nafar yigit-qiz o‘zaro bahslashdi.

– Joylarda sportni yanada ommaviylashtirish maqsadida o‘tkazilayotgan “Mahallamiz pahlavonlari”, “Futbolimiz kelajagi”, “Biz aql-idrokli oilalarmiz”, “Otam, onam va men – sportchi oila”, “Mahallamiz tennischilari”, “Mahallamiz badmintonchilari” kabi musobaqalar sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limining voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha mutaxassisi Malika Bekmanova. – Sportning 7 turi bo‘yicha joriy yil boshidan bunday musobaqalarda 48 ming 800 dan ziyod yoshlar va 19 ming 748 ota-ona ishtirok etdi.

“Mahallamiz pahlavonlari” musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida shahar va tumanlarning 15 jamoasi tarkibida 90 nafar 13-14 yoshdagi kurashchi yigit-qizlar bahslashdi.

Qizlar o‘rtasida 44 kilogramm vazn toifasida nukuslik Guljamol Tangribergenova, 48 kilogramm vaznda Xo‘jayli tumanidan Nafisa Reymboyeva, 52 kilogrammda nukuslik Asal Jalg‘asboyeva g‘olib bo‘ldi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida 46 kilogrammda Xo‘jayli tumanidan Asadbek Aytboyev, 50 kilogramm vazn toifasida Nukus shahridan Jo‘ldasboy Mo‘shanov, 55 kilogrammda Qanliko‘l tumanidan Bobur Obodboyev birinchi o‘rinni egalladi.

Jamoalar o‘rtasida Nukus shahri vakillari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘ringa Xo‘jayli tumani, uchinchi o‘ringa Qo‘ng‘irot tumani jamoalari sazovor bo‘ldi.