Nukusda jamoat transporti infratuzilmasi takomillashtirilmoqda
Nukus shahrida jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish maqsadida “Sapsan Trans Nukus” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan Xitoy Xalq Respublikasidan umumiy qiymati 24 milliard so‘mlik 12 dona elektrobus olib kelish rejalashtirilgan.
Ushbu loyiha doirasida elektrobuslarning 4 donasi Nukus shahriga olib kelindi. Qolgan 8 dona transport vositasi yaqin kunlarda olib kelinadi. Hozirgi vaqtda keltirilgan elektrobuslar bo‘yicha belgilangan tartibda bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga muvofiq, Nukus shahriga jami 200 dona avtobus olib kelish belgilangan bo‘lib, ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilotlar tomonidan maxsus avtotransport vositalarini xarid qilish va olib kelish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri