Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukusda ikki bola hotlanchdan zaharlanganmi?
17:13 / 2023-01-29

Ijtimoiy tarmoqlarda Nukus shahrida ikki nafar bolaning hotlanchdan zaharlangani haqidagi xabar tarqaldi.

Unda qayd etilishicha, bolalarning bir nafari vafot etgan, bir  nafari og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.

Bunga aniqliq kiritish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmatiga murojaat qilganimizda quyidagilarni ma’lum qildi.

Darhaqiqat, ikki nafar bola kasalxonaga olib kelingan. Bir nafarining ahvoli og‘ir bo‘lganligi tufayli vafot etgan, bir nafarining sog‘ligi yaxshi. Ammo ularni aynan hotlanchdan zaharlangan deb aytishga erta. Hozirda tibbiy tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tibbiy ekspertiza xulosasi bilan bunga aniqlik kiritiladi.  

Dovud Abibullayev, O‘zA