Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukusda bo‘lib o‘tgan “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz” shiori ostidagi yugurish musobaqasidan fotoreportaj
10:11 / 2022-11-14

Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlab “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz” shiori ostida “Yangi nafas” yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda nuroniylar, yoshlar, havaskor sportchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Musobaqadan ko‘zlangan maqsad aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini keng yoyish, odamlarni bir maqsad atrofida birlashtirish,  yildan yilga ommaviylashib borayotgan salomatlik tadbirlarining darajasini yuksaltirishdan iborat.

[gallery-9565]

Sport tadbirida 3 mingdan ziyod nukuslik faol ishtirok etib, 3 kilometr masofaga yugurdi. Taqdirlash marosimida so‘z olganlar mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish Prezidentimiz e’tiboridagi muhim tadbirlardan biri ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, sportning inson hayoti hamda salomatligidagi tutgan o‘rni va roli xususida fikr-mulohazalarini bildirdi.

 

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA