Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukusda 5 ta noqonuniy qurilma majburiy buzdirildi
15:40 / 2025-08-15

Hozirgi vaqtda ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolar o‘zboshimchalik bilan noqonuniy qurilmalarni qurishga yo‘l qo‘yilmasligi, uning oqibatlari haqida davlat organlari tomonidan muntazam ravishda ogohlantirilayotgan bo‘lsada, ayrimlar tomonidan mahalliy xokimliklarga tegishli yer maydonlariga noqonuniy qurilmalar qurilayotganligining guvohi bo‘lyapmiz.

Shunday noqonuniy qurilmalarni buzish masalalari sud tartibida hal etilayotgan bo‘lib, ularning ijrosi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Masalan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining ijro qarorlariga asosan, Nukus shahri, “Boz ovul” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘zboshimchalik bilan qurilgan 5 ta uy qurish uchun mo‘ljallangan poydevorlarni, ularni qurgan shaxslar hisobidan, majburiy buzdirish va yer maydonini yaroqli holatga keltirish belgilangan.  

Ushbu qarorlar bo‘yicha chiqarilgan ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan harakatlarga kirishilgan. Jumladan, javobgarlarga noqonuniy qurilmalarni o‘z hisobidan buzishi lozimligi haqida bir necha marotaba tushuntirish va ogohlantirishlar berildi. Shunga qaramasdan, javobgarlar tomonidan noqonuniy qurilmalar ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmadi.

Shu sababli, ushbu 5 ta noqonuniy qurilmaning barchasi Byuro xodimlari tomonidan majburiy buzdirib tashlandi.  

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri