Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukus, Urganch, Xiva, Samarqand, temir yo‘l vokzallarida elektr energiyasi qayta tiklandi
22:00 / 2022-01-25

Yo‘lovchilar diqqatiga!

Bugun soat 17:30 dan boshlab Nukus, Urganch, Xiva, Samarqand, temir yo‘l vokzallarida elektr energiyasi qayta tiklandi. Elektr energiya tarmog‘ida kuzatilgan uzilishlar natijasida poyezdlar harakat jadvalida o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.

Sizlardan joylardagi temir yo‘l kassalari, yoki ma’lumotlar byurolaridan harakat jadvallaridagi o‘zgarishlarni so‘rab, bunga alohida e’tibor qaratishlaringizni so‘raymiz.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ