Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumanida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish, hududni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida ikkita kichik gidroelektrstansiya (GES) qurilib foydalanishga topshirildi.
Xususan, Aqterek" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Bo‘zatov kanali oqimidan foydalangan holda quvvati 15 kilovatt bo‘lgan kichik GES qurildi. Shuningdek, "Kerder" ovul fuqarolar yig‘iniga qarashli "Qizil uy" ovulidagi To‘rtko‘l kanalining suv resurslari negizida soatiga 30 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqaradigan kichik GES ishga tushirildi.
Mazkur GES aholi va atrofdagi ijtimoiy ob’ektlarni uzluksiz va barqaror elektr ta’minoti bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, ekologik toza va iqtisodiy samarali energiya manbai sifatida ham muhim ahamiyatga ega. Tuman hududida kichik GES larning ishga tushirilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ta’kidlanganidek, bu aholi va atrofdagi ijtimoiy ob’ektlarni uzluksiz va barqaror elektr ta’minoti bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, ekologik toza va iqtisodiy samarali energiya manbai sifatida muhim ahamiyatga ega.
Mutaxassislar tomonidan kichik GESlarning texni imkoniyatlari, ishlash mexanizmi va ular orqali iqtisod qilinadigan mablag‘ haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi F.Ermanov ishtirok etdi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri