Nukus shahriga ilk elektrobuslar olib kelindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida jamoat transporti xizmatini rivojlantirish maqsadida “Sapsan Trans Nukus” korxonasi tomonidan Xitoy davlatidan 24 milliard so‘mga 12 dona elektrobus olib kelindi.
Shuni ham alohida ta’kidlab aytish kerakki, davlatimiz rahbarining 2023 yil 16 fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosi doirasida Nukus shahriga jami 200 ta avtobus olib kelinishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda korxonalar tomonidan maxsus avtotransportlarni olib kelish choralari ko‘rilmoqda.
Bundan tashqari, “Sapsan Trans Nukus” korxonasi tomonidan Nukus shahrida 200 ta avtobus sig‘imiga ega avtobus parki qurulishi amalga oshirilmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri