Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukus shahrida sayyor qabul o‘tkazildi
16:26 / 2022-10-24

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbayev tomonidan Nukus shahri aholisi uchun navbatdagi ommaviy qabul o‘tkazildi.

Qabulda asosan, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatidagi muammolar, bandlik, tibbiy yordam, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti, ichimlik va oqova suv yetkazib berish kabi masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi.

Jumladan, “Qutli qonis” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Gulnoz Aytimbetovaning turar joyi tom qismini ta’mirlash bo‘yicha murojaati ijobiy hal etiladigan bo‘ldi. Guljayna Aynazarovaning ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha shartnoma puli to‘lib berilib, ishga joylashtirildi. Aygul Jumanazarova hamda Saltanat To‘legenovaning turar joylarini ta’mirlash bo‘yicha mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, Mayramgul Madreymovaga moddiy yordam puli beriladigan bo‘ldi.

[gallery-9257]

Fuqarolarning 300 dan ziyod murojaati qabul qilindi. Ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Vaqt talab etiladigan murojaatlar tegishli soha rahbarlariga topshirildi va ijrosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi tomonidan nazoratga olindi.

Har bir murojaat ortida inson taqdiri bor. “Inson qadri uchun” tamoyilini o‘zida mujassam etgan ommaviy qabullar tumanlarda ham bo‘lib o‘tadi.

Qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi birinchi o‘rinbosari U.Muhammadiyev ishtirok etdi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA