French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukus ko‘chalarida reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda
16:59 / 2025-09-06

Majburiy ijro byurosi hamda Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati o‘rtasida 2023 yil 15 noyabrda tasdiqlangan “Qo‘shma ko‘rsatma” ga asosan, maxsus ishchi-guruhlar tuzilgan bo‘lib, ular tomonidan “AutoCon-SC/M-online” va “Planshet” moslamalari yordamida shahar va tumanlarning markaziy ko‘chalarida hamda hududiy yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida reyd tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari xodimlari tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarni undirish hisoblanadi. Bunda ular tomonidan foydalanilayotgan “AutoCon-SC/M-online” va Byuro xodimlari tomonidan foydalanilayotgan “Planshet” moslamalarida yo‘l harakati qoidalarini buzgan shaxslar va ularga tegishli avtomashinalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar onlayn tarzda ko‘rinadigan bo‘lib, ushbu moslamalar yordamida shahar va tumanlar ko‘chalarida harakatlanib kelayotgan avtotransport vositalarida qarzdorlik mavjud yoki majud emasligi aniqlanadi.

Qarzdorligi mavjud bo‘lgan avtomashinalar darhol to‘xtatilib, maxsus jarima maydonchalariga yo‘naltiriladi. Qarzdorlik qoplanmagan taqdirda undiruv ushbu avtomashinalarga qaratilib, avtomashinalarni auksion savdolariga chiqarib sotishga qadar ijro harakatlari olib boriladi. Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida avtomashina boshqaruvchilaridan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish so‘raladi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri