Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukus garnizonida Yangi yil tadbiri o‘tkazildi
18:34 / 2026-01-01

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugning Nukus garnizonidagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida Yangi yil bayrami munosabati bilan keng ko‘lamli, mazmunan boy va ko‘tarinki ruhdagi bayram tadbirlari tashkil etildi.

Ushbu tantanalar harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari hamda farzandlari uchun chinakam quvonch, shodlik va unutilmas xotiralarga boy bo‘lgan bayram sovg‘asiga aylandi. Bayram tadbirlari doirasida harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan qurol bilan ko‘rgazmali chiqishlar, shijoat, mardlik va matonat timsoli bo‘lgan qo‘l jangi namoyishlari yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu chiqishlar orqali harbiylarning nafaqat jismoniy tayyorgarligi, balki yuksak intizomi, mahorati va Vatanga sadoqati yaqqol namoyon bo‘ldi. Tomoshabinlar ushbu namoyishlarni olqishlar bilan kutib olib, katta qiziqish bilan kuzatishdi.

Tadbirning bayramona konsert dasturida taniqli teatr aktyorlari, san’atkorlari tomonidan yorqin va rang-barang bayram shoulari namoyish etildi. Sahna bezaklari, musiqa va yorug‘lik uyg‘unligi tomoshabinlarga chinakam Yangi yil kayfiyatini baxsh etdi.

Ayniqsa, Qorbobo va Qorqiz, shuningdek, turli ertak qahramonlari ishtirokidagi sahna ko‘rinishlari bolajonlarni sehrli ertaklar olamiga olib kirdi. Quvnoq o‘yinlar, qiziqarli musobaqalar va interfaol chiqishlar bolalarning yuzida samimiy tabassum va cheksiz quvonch uyg‘otdi. Tadbir davomida bolalar Vatanga muhabbat, tinchlik va ezgulikni madh etuvchi she’rlar ijro etib, Qorbobo tomonidan taqdim etilgan sovg‘a-salomlarga ega bo‘lishdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri