English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukus garnizonida ustoz va murabbiylar sharaflandi
18:24 / 2021-09-30

30 sentyabr kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan barcha harbiy okrug va viloyatlar bilan onlayn tarzda o‘tgan 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida istiqomat qilayotgan Qurolli Kuchlar faxriylari hamda o‘qituvchi-murabbiylar ishtirok etdi.

Bu haqda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan sana munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda ko‘p yillik mehnat va xizmat tajribasiga ega bo‘lgan harbiy pensionerlar sharaflandi. Mamlakatimizda ming yillar davomida saqlanib kelinayotgan “ustoz-shogird” an’anasi armiyamizda ham o‘z o‘rni va nufuziga ega ekani ta’kidlandi. Hayot yo‘limizni tafakkur gulshani bilan yoritayotgan mehridaryo ustozlar sharafiga dasturxon yozildi.

Bir guruh pensiyadagi va hozirgi vaqtda safda bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda maktab o‘qituvchilari, shuningdek, Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshidagi fan to‘garaklarida harbiy xizmatchilarning farzandlariga tarbiya berib kelayotgan ustozlar mudofaa vaziri hamda harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining buyrug‘iga muvofiq “Mudofaa vazirligi faxriysi”, “Namunali xizmati uchun” va “Malakali ustoz” ko‘krak-nishonlari, faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bir guruh harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar topshirildi.

Nukus garnizoni harbiy orkestri hamda umidli xonandalar ishtirokidagi bayramona konsert dasturi tantanaga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

 

O‘zA