FOTOREPORTAJ
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi Nukus garnizonida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Tadbirda harbiy okrug hamda O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti faoliyati, uning rivojlanish yo‘nalishlari, yurtimiz ijtimoiy hayotida tutgan o‘rni hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan aholi, xususan, yoshlarni tanishtirish, tashkilot faoliyati to‘g‘risida yoshlar ongida tasavvur shakllantirish va harbiylar safiga kirish ishtiyoqini uyg‘otish maqsadiga qaratilgan.
[gallery-9338]
“Vatanparvar” tashkilotining zamonaviy yengil va yuk o‘quv avtomobillari va sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha sport texnikalari (karting, mototsikllar, sport avtomobili), shuningdek, raketamodel va kord aviamodellarining ko‘rgazmali namoyishlari tashrif buyurganlar e’tiboriga havola etildi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA