Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukus garnizoni harbiy xizmatchilarining navbatdagi xayriya tadbirlari
12:08 / 2019-09-03

Eng ulugʻ va eng aziz ayyom – mustaqilligimizning 28 yillik bayrami munosabati bilan Nukus garnizonidagi harbiy qismlar tomonidan hayriya tadbirlari oʻtkazildi.


Eng ulugʻ va eng aziz ayyom – mustaqilligimizning 28 yillik bayrami munosabati bilan Nukus garnizonidagi harbiy qismlar tomonidan hayriya tadbirlari oʻtkazildi.

Bu haqda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugi matbuot xizmati OʻzAga maʼlum qildi.

Bir guruh harbiy xizmatchilar yoshlikning eng navqiron davrlarini Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilishga bagʻishlagan nafaqadagi harbiy xizmatchilar holidan xabar olishdi. Ularga sovgʻa-salomlar ulashilib, harbiy qism qoʻmondonining tabrigi oʻqib eshittirildi.

Shuningdek, harbiy xizmatchilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlim vazirligiga qarashli boʻlgan 10-sonli koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatida oʻquv mavsumi boshlanishi arafasida hududlarni obodonlashtirish ishlariga oʻz hissalarini qoʻshishdi. 200 nafar oʻquvchi uchun moʻljallangan maktab- internatiga harbiy qism nomidan suv isitadigan elektr moslamasi hadya qilindi.

–Harbiy xizmatchilar tomonidan koʻrsatilayotgan bunday gʻamhoʻrlikdan boshimiz osmonga yetdi. Savob ishning katta-kichigi boʻlmaydi, albatta. Maktabimizda taʼmirlash ishlari ketayotganini koʻrgan ofitserlar bir kundan keyin bizni yoʻqlab kelishdi va qish mavsumida suvni isitish tizimida uzilishlar boʻlmasligiga hissa qoʻshishdi. Ularning xayrli ishidan judayam mamnunmiz, – deydi maktab direktori Shinibay Kalilayev.