French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukus davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda
15:51 / 2019-07-29

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2019-2020 oʻquv yili uchun alohida iqtidor talab qilinadigan taʼlim yoʻnalishlari – tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi, musiqiy taʼlim va jismoniy madaniyat bakalavr yoʻnalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda.


Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2019-2020 oʻquv yili uchun alohida iqtidor talab qilinadigan taʼlim yoʻnalishlari – tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi, musiqiy taʼlim va jismoniy madaniyat bakalavr yoʻnalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda. 

Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi (kunduzgi) taʼlim yoʻnalishining qoraqalpoq va oʻzbek guruhlari uchun rangtasvir va qalamtasvir, musiqiy taʼlim (kunduzgi) yoʻnalishining qoraqalpoq guruhi uchun cholgʻu ijrochiligi, xonandalik mahorati va musiqa nazariyasi, shuningdek, jismoniy madaniyat (kunduzgi) taʼlim yoʻnalishining qoraqalpoq, oʻzbek va rus guruhlariga voleybol va basketbol boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlari oʻtkazildi.

Imtihonlarning adolatli oʻtishi va baholanishi uchun hamkorlikdagi oliy taʼlim muassasalaridan mutaxassislar, ota-onalar vakillarining ishtiroki taʼminlangan.

Shuningdek, imtihon topshirayotgan har bir abituriyentning iqtidoriga bevosita guvoh boʻlish, imtihonlarning shaffof oʻtishini taʼminlash maqsadida ota-onalar uchun kutish joylari tashkil etilib, imtihon jarayonini ekran orqali kuzatib borish uchun sharoitlar yaratildi.

Maʼlumot uchun, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2019-2020 oʻquv yili uchun alohida iqtidor talab qilinadigan taʼlim yoʻnalishlari –tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi, musiqiy taʼlim va jismoniy madaniyat bakalavr yoʻnalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar shu yilning 25-iyul va 5-avgust kunlari orasida tasdiqlangan jadval asosida oʻtkaziladi.